30 oktabrda erkin savdo böyiça kelişuv imzolanişi kutilayotgan YeI – Kanada sammiti bölib ötadi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. Bu haqda YeI Kengaşi raisi Donald Tusk ma'lum qilgan.
«Vazifa uddalandi. Hozirgina biz boş vazir Jastin Tryudo bilan kelayotgan yakşanba sammit ötkazişga kelişib oldik», — degan Tusk.
Avvalroq, YeI Kengaşi Kanada bilan savdo kelişuvi (CETA)ni imzolaşni ma'qullagani xabar qilingan edi.
Uşbu bitim doirasida YeI mamlakatlari va Kanada örtasidagi mavjud savdo tariflarining 99 foizi bekor qilinadi.












