Amerika Qöşma Ştatlarida Respublikaçilar va Demokratlar partiyasi vakillari Federal qidiruv byurosiga murojaat qilişdi. Ular, sobiq davlat kotibi, AQŞ prezidentligiga nomzod Hillari Klintonning elektron yozişmalariga oid tergov işlarini qayta boşlaşga nima sabab bölganini oşkor qilişni talab qilişgan, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

Ta'kidlanişiça, respublikaçilar ham, demokratlar ham uşbu masalada yakdillik namoyiş etmoqda. Ular yaqinda aniqlangan maktublarga oid batafsilroq axborot berişni va buni imkon qadar tezroq amalga oşirişni söraşgan. 

Avvalroq, prezidentlikka nomzod Hillari Klintonning özi ham FQBdan özining elektron poçtasi bilan boğliq iş yuzasidan barça ma'lumotlarni omma e'tiboriga havola qilişni talab qilgan edi. Klintonning prezidentlik saylovlaridagi asosiy raqibi respublikaçi Donald Tramp tergovning qayta boşlanganini olqişladi. 

Xususan, Senatning razvedka böyiça qömitasi raisi, respublikaçi Riçard Berr Amerika xalqi Hillari Klinton davlat kotibi bölgan vaqtda nimalar qilganini töliq bilişiga haqli ekanini ta'kidladi. 

Indiana ştati gubernatori, Respublikaçilar partiyasining yana bir vakili Mayk Pens FQBni tergovga aloqador barça maktublarni zudlik bilan e'lon qilişga undadi. 

«Bizning prezidentlik sayloviga 10 kun qolganida bunday holatga duç kelişimiz qandaydir ğaroyib hodisa», — deya izoh bergan Klinton ştabi rahbari Jon Podesta. Eslatib ötamiz, uning maktublarini WikiLeaks sayti e'lon qilib kelmoqda. 

AQŞ Kongressi Vakillar palatasidagi kamçilik fraksiyasi rahbari Nensi Pelosi ham, FQB keng jamoatçilik manfaatlaridan kelib çiqqan holda, maktublarni oşkor qilişi lozimligini, respublikaçilarga saylovlarga 11 kun qolganida yolğon ta'kidlar bilan çiqişlariga yöl qöyib bölmasligini aytgan. 

Demokratik partiyaning boşqa ayrim vakillari ham FQB rahbari Jyeyms Komi va AQŞ Boş prokurori Loretta Linçni, turli miş-mişlarga çek qöyiş maqsadida töliq ma'lumotlar berişga çaqirgan. 

Avvalroq, FQB direktori Jyeyms Komi Klintonning davlat kotibi bölgan vaqtlarda davlat yozişmalarini xususiy poçta serveri orqali yuborganiga oid tekşiruvlarni qayta boşlaşini ma'lum qilgan edi. Bunga şu işga aloqasi bor yangi maktublarning paydo bölgani sabab bölgan. 

The New York Times gazetasining yozişiça, Hillari Klintonning elektron yozişmalariga oid iş yopilganidan söng, Klintonning boş yordamçisi Huma Abedin va uning turmuş örtoği Entoni Vinerning elektron qurilmalarida uşbu işga aloqador yangi maktublar topilgan.