AQŞning Çikago şahridagi ÖXara aeroportida uçiş-qöniş yölakçasida Boeing-767 samolyoti yonib ketdi. Chicago Tribune naşri xabar berişiça, voqea joyiga öt öçiriş brigadalari yetib kelgan.
Samolyotda 171 kişi, jumladan 161 yölovçi bölgan. Dastlab voqea oqibatida 7 yölovçi va bir bortkuzatuvçi kiçik jarohatlar olgani, ular yaqin oradagi şifoxonaga yetkazilganlari ma'lum qilingan. Biroq keyinroq jarblanganlar 20 ga yaqinni taşkil qilayotgani aytilgan.
"Köpçilik yölovçilar samolyotdan falokat traplari orqali tuşayotganlarida jarohat olganlar. Biz 20 ga yaqin kişini bir neçta şifoxonalarga jönatdik", deb aytdi Çikago öt öçiriş xizmati vakili Xuan Ernadnes.
Qolgan yölovçilar öz manzillariga 29 oktabrda boşqa samolyotlarda yetkaziladilar.
Samolyot American Express aviakompaniyasiga tegişli bölib, Çikago-Mayami reysi bilan uçişi kerak bölgan.
AP axborot agentligining ma'lum qilişiça, falokatga dvigateldagi jiddiy nosozlik olib kelgan bölişi mumkin. Nosozlik şunçalik jiddiy bölganki, uning qismlari taşqariga soçila boşlagan.
CNN ma'lumotiga köra, şu samolyot avvalroq Londondan uç soatlik keçikiş bilan kelgan bölgan.












