AQŞ prezidenti Barak Obama tösatdan SiriusXM radiostansiyasidagi “Sway in the Morning” radioşousiga qönğiroq qilib, musiqa va sport borasida nimalarni xuş körişi haqida gapirib berdi. Bundan taşqari, Obama uning rafiqasi Mişel kelajakda heç qaçon prezidentlikka nomzodini qöymasligini, çunki unga bunda istak va sabr yetişmasligini aytib ötdi.  

"Men repçi Dreykni yaxşi köraman. U iste'dodli va moliyaviy tomondan işlari yaxşi, Jay-Z esa qirolligiça qolmoqda", deb öz musiqiy qaraşlari bilan bölişdi Obama.

Obama sport borasidagi qaraşlari haqida gapirib, NBA çempionatida Golden State Warriors basketbol jamoasi uçun muxlislik qilişini aytdi. Darvoqe, bu jamoa oxirgi ikki yildan beri milliy çempionatda ğolib bölib kelmoqda.