Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zagroeksport" xorijiy davlatlarda savdo uylari ochmoqda
"O‘zagroeksport" AJ 2016 yil sentabr-oktabrida Rossiya va Qozog‘istonda 4 ta savdo uyi ochdi. Bu haqda uzdaily.uz nashri xabar bermoqda.
Kompaniya barra va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsuloti eksportini yo‘lga qo‘yish uchun xorijiy davlatlarda qo‘shma savdo uylari yaratish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Birinchi haftada yangi tashkil qilingan savdo uylariga 500 ming dollarga yaqin meva, sabzavot, poliz ekinlari va uzum yetkazib berilgan.
Meva-sabzavot mahsulotini eksportga chiqarish, yangi bozorlarni topish va o‘zlashtirish maqsadida kompaniyaning vakillari Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo va Fors ko‘rfazi davlatlariga jo‘natildilar.
Kompaniya Hindiston, BAA, Indoneziya, Malayziya va Shri-Lanki vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Amaliy uchrashuvlar davomida xorijiy kompaniyalar vakillari bilan 10 ming tonna o‘zbek mahsuloti yetkazib berish uchun shartnomalar tuzildi.
Uchrashuv doirasida shuningdek uzoq muddatli sherikchilik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma savdo uylar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
14:43 / 08.08.2025
Afg‘oniston O‘zbekiston savdo uylarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi
20:26 / 24.03.2021
O‘zbekiston mahsulotlari uchun 20ta davlatda savdo uylari ochiladi - Muxtor Umarov
00:02 / 24.12.2016
O‘zbekiston Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib beruvchi asosiy davlat bo‘lishi mumkin
20:15 / 27.09.2016