Davlat bojxona qömitasi Özbekiston tadbirkorlari uçun maxsus videokonferensiya taşkil etdi, deb xabar qilmoqda bojxona qömitasi matbuot xizmati. Qömita Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi, tegişli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini ta'minlaşga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilişga va işbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 2016 yil 5 oktabrdagi PF-4848-son Farmonining mazmun-mohiyatini tadbirkorlik sub'yektlariga yaqindan yetkaziş maqsadida videokonferensiya taşkil qildi.

Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi taşqi iqtisodiy faoliyat qatnaşçilari, hududiy bojxona boşqarmalarining vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok qilişdi.

Tadbirni oçar ekan, Davlat bojxona qömitasi Raisi örinbosari M.Saliyev mazkur Farmon eng avvalo, xususiy mulkni xuquqiy himoya qilişni yanada kuçaytirişga, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga va har tomonlama qöllab-quvvatlaşga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oşirişga, uşbu sohada davlat siyosatining sifat jihatidan yangi darajaga ötişiga xizmat qilişini ta'kidladi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik qömitasi a'zosi U.Sulaymanov öz sözida Farmonga binoan kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik beriş uçun joriy qilinayotgan yangi imkoniyatlar haqida töxtalib ötdi. Xususan. endilikda tadbirkorlar faoliyatiga aralaşuvlar tubdan qisqarişi, bu sohada huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinişini ta'minlaş, ularning profilaktikasi samaradorligini oşiriş va huquqbuzarliklarga yöl qöyilmaslik davlat organlarining birinçi darajali vazifasi sifatida belgilanganliga alohida e'tibor qaratdi.

Videokonferensiyada asosiy e'tibor mazkur Farmon bilan tadbirkorlarga bojxona sohasida joriy qilinayotgan yangi qulayliklar va yengilliklarning mazmun-mohiyatini çuqurroq yetkazişga qaratildi. Farmon bilan bojxona organlariga ham bir qator vazifalar belgilab berildi. Xususan:

Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan tovarlarning eksporti böyiça tuzilgan eksport şartnomalari bojxona organlarida hisobga qöyiş tartibi 2017 yilning 1 yanvaridan bekor qilinadi, endilikda valyuta nazorati organlari, şu jumladan, bojxona organlari tomonidan eksport şartnomalarining ijro etilişi Taşqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimi orqali monitoring qilib boriladi.