Geografik xaritalarda yer yuzi mamlakatlarini qidirar ekansiz, ularning nomlanişi bilan heç qiziqib körganmisiz?  Şunisi e'tiborga molik-ki, ayrim mamlakatlar nomini özbekçaga tarjima qilsangiz, juda ham qiziqarli ma'noni anglatadi. Töğri, ayrim hollarda ayrim nomlar mamlakatning hozirgi darajasini namoyon qilişi mumkin. Ammo köp hollarda  ayrim davlatlarning nomi jismiga mos emasdek tuyuladi. Keling, ayrim mamlakatlarning nomlanişiga qisqaça bölsa-da, töxtalib ötaylik.

Norvegiya “Şimoliy yöl mamlakati” deyiladi. Vetnam va Avstraliya esa “Janub mamlakati” deb ataladi. Yaponiyani “Kun çiqar yurt” deyişadi. Xitoyliklar öz yurtlarini “Osmon osti mamlakati” deyişadi. Koreya esa “Tong bokiraligi ölkasi” deyiladi. Avstriya esa nemisça “Osterrayx” deb yuritilib, bu “Şarqiy mamlakat” degan ma'noni anglatadi. Irlandiya atamasi “eyre” sözidan kelib çiqadi va “Ğarbiy orol” degan ma'noni beradi. Janubiy Amerikadagi Ekvador mamlakatining nomi “ekvator” atamasidan kelib çiqqan.

Tinç okeanidagi Tuvalu davlatining nomi “Yaqin atrofda 8 ta orol mavjud” degan ma'noni anglatar ekan. Niderlandiya “Quyidagi mamlakat” deganidir.

Bir qator mamlakatlarning nomlanişiga, hayvonot va ösimlik dunyosi sabab bölgan. Braziliyaning nomi mazkur mamlakatda ösadigan qizil rangli paubrazil daraxtidan olingan. Afrikadagi Mali esa mahalliy malinka elati tilida “Begemotlar mamlakati” degan ma'noni anglatadi. Bu mamlakat poytaxti Bamako esa “Timsoh ortidagi qişloq” deganidir. Bu şahar gerbida timsoh aks etgan. Afrikadagi yana bir davlat Uganda poytaxti Kampala esa “Ohu” degan ma'noni   anglatadi.

Somali nomi mahalliy tilda “sao somao” deb nomlanib, “Borib sigirni soğ” deganidir. Afrikaning bu mamlakatida şoxli hayvonlar şu qadar köpki, aytişlariça suvdan ham sut köproq ekan. Ispaniya qadimiy Karfagen tilidan tarjima qilinganida “Quyonlar mamlakati” degan ma'noni anglatadi. Bu mamlakatda quyonlar şu qadar köp bölganki, hatto tanga pullarda ham quyonlarning surati bölgan.

Yer yuzidagi ayrim mamlakatlarning nomlanişi mintaqada joylaşgan toğ, köl, daryo nomlaridan kelib çiqqan. Juğrofiy nomlar yangi paydo bölgan yoş davlatlarga qöyilişi bilan boğliq hodisalar ham uçraydi. Afrikadagi Kamerun vulqoni nomidagi davlat ham bor. Afrikadagi Nigeriya, Senegal, Gambiya, Kongo va Janubiy Amerikadagi Paragvay nomi mintaqadan oqib ötuvçi daryo nomidan olingan. Hatto Hindistonning ham Hind daryosi şarafiga qöyilgani heç kimga sir emas.

Namibiya çöli nomidagi davlat ham borligidan hamma boxabar bölsa kerak. Afrikadagi Çad köli nomidagi davlat ham bor. Tanganika köli va Zanzibar oroli nomlaridan Tanzaniya degan mamlakat paydo böldi. Markaziy Amerikadagi Kuba, Yamayka, Trinidad va Tobago, Barbados, Grenada orollarida paydo bölgan yangi davlatlarga orollarning nomi berilgan. Yevropadagi Irlandiya, Islandiya, Malta davlatlarining nomi  ham orollar şarafiga qöyilgan. Islandiya “muzliklar yeri”, Grenlandiya esa “Yam-yaşil yer” degan ma'nolarni anglatadi. Osiyodagi Kipr, Şri-Lanka, Filippin davlatlarining nomi ham orollar nomini anglatadi.