Microsoft kompaniyasining 26 oktabrda taqdim qilingan yangi noutbuki Surface Book axborot oqimida biroz yöqolib qoldi, çunki u e'lon qilingan kun ertasiga Apple özining yangilangan MacBook Pro noutbukini taqdim qildi.

Biroq Microsoft yengilmadi va öz mahsulotiga e'tiborni antiqa usul bilan qaratişga qaror qildi. Kompaniya MacBook egalariga agar ular noutbuklarini Surface Pro yoki Surface Book noutbuklariga almaştirsalar, 650 dollar berişni taklif qildi, deb xabar bermoqda Tech Crunch.

Microsoft ma'lumotlariga köra, Surface Pro 4 va Surface Book noutbuklarining 97 foiz egasi ulardagi sensor ekran imkoniyatlaridan muntazam foydalanadilar, Apple esa bu texnologiyadan çetda qolmoqda. Microsoft fikriça, bu imkoniyat Surface va MacBook’dan birini tanlaşda qöl kelişi mumkin.

Microsoft’ning aksiyasi 10 noyabrgaça davom etadi.