Indianapolisda istiqomat qilgan, 1993 yilda yöqolib qolgan Riçard Hoaglend öz uyidan 1 600 kilometr narida topildi. Ma'lum bölişiça, u yangi hayot boşlaş maqsadida oilasidan qoçib ketgan. ABC News naşri şu haqida ma'lum qildi. 

Riçard Hoaglend va uning ikkinçi turmuş örtoği Linda Iseler 

Yöqolgan paytida Hoaglendning turmuş örtoği (Linda) va 4 öğli (ikki turmuşidan) bölgan. Ularning barçasi oila boşliğini allaqaçon ölgan hisoblaşardi. 2002 yilda sudda unga rasman ana şunday maqom berilgan. Bir yildan söng Linda şaharni tark etib, qayta turmuş qurdi. 

Hoaglend Florida ştatidagi Zefirhills şahrida töxtadi, 1995 yilda u öz uyiga ega böldi va yana uylandi. 23 yil davomida u sobiq oila a'zolari bilan aloqaga çiqmagan, faqat yöqolgan yilidagina öğillari Mettyu va Duglasga tabrik xati yöllagan. 

Yangi şaharda u özini - 1991 yilda baxtsiz hodisa natijasida halok bölgan baliqçi -  Terri Simanski deya taniştirgan. Hoaglend öz oilasidan qoçgandan keyin bir muddat halok bölgan baliqçining otasi yaşaydigan uyda töxtagan va bu yerdan ölim haqidagi hamda haydovçilik guvohnomasini öğirlagan.
 
Riçard Hoaglend qölga olinganidan söng

foto ABC News

63 yoşli Hoaglendning iziga Simanski oilasi yordamida çiqildi. Baliqçining qarindoşi Ancestry.com saytida sulola daraxtini tuzayotib, amakisi ölimidan bir neça yil ötib uylanganidan xabar topdi. 

Şundan keyin mazkur tergovga detektiv Entoni Kardillo qöşildi. Taqdim etilgan hujjatlar, şu jumladan haydovçilik guvohnomasiga qaramay, Hoaglendga Simanskining ölimi haqidagi guvohnoma körsatilganda u öz aybiga iqror böldi. 

Tampa Bay Times bilan suhbatda politsiya xodimi Kris Nokko qoçoqning qilgan işini "qörqoqlik" deya atadi. Huquq-tartibot organi xodimining fikriça, Hoaglend öz foydasiga begonalarning tinçini buzgan. Uning sobiq oila a'zolari - Linda, Mettyu va Duglas ham şunday fikrda. 

Ayblanuvçining uçinçi turmuş örtoği va öğli 20 yil mobaynida yetti yot begona insonning familiyasi ostida yaşab kelganliklarini bilişmagan. Şunday bölsa-da, turmuş örtoği erining ötmişi unda doimo savollar tuğdirganini ta'kidlagan.