AQŞ prezidentligiga nomzod Hillari Klinton yordamçilarining yozişmalari uning "Uoll-strit"dagi bankirlar bilan uçraşuvlari haqida jamoatçilik bilişini istamaganligidan dalolat beradi. Bu haqida Klinton saylov kampaniyasining raisi Jon Podestaning WikiLeaks portali tomonidan çop etilgan yozişmasida ma'lum qilingan. 

2016 yilning may oyida yordamçilarning yozişmasida Klintonning Goldman Sachs vakillari va boşqa bankirlar bilan uçraşuvlari muhokama qilingan. "Klinton odamlar uning "Uoll-strit" bilan aloqalaridan xabar topişini istamaydi. U qarşiliklar yuzaga kelmasligiga erişmoqçi va buni amalga oşirişning eng yaxşi usuli — odamlarni körimsiz masofada uşlaş", - deyiladi Podestaning xatlaridan birida. 

WikiLeaks sayti bundan avval ham Jon Podestaning maxfiy xatlarini çop etgandi. Klintonning banklar vakillari oldida sözlagan nutqidan keltirilgan parça jamoatçilik tanqidiga uçragandi. U öz nutqida ikki xil siyosat yurgizişi - biri odamlar orasidagi ommaviy siyosat bölsa, boşqasi xususiy "mutlaqo boşqa" siyosat ekanligini aytgan. 

Bu jumlalar Klintonning prezidentlik poygasida Respublikaçilar partiyasi vakillari hamda Donald Tramp tomonidan ikkilamçi öyin olib borayotganida ayblanişiga sabab böldi.