Jahon köçmas mulk bozorida yangi rekord qayd etildi: mana şu hafta Honkongda avtomobil turar joyi 4,8 mln Honkong dollariga (620 ming AQŞ dollari) sotib yuborildi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Eng qimmat avtomobil turar joyi bölgan bu yer Honkong moliyaviy markazidan unça uzoq bölmagan hududda - Mid-levels tumani, Konduit-roud 55 da joylaşgan. Bu yerda yirik kompaniyalarning rahbarlari, milliarderlar va diplomatlar yiğilib turişadi. Darvoqe, Alibaba rahbari Jyek Ma aynan Mid-levelsda istiqomat qiladi.
Qiyoslab köriladigan bölsa, uydan markazga bölgan yöl kira haqi 120 mingni taşkil etadi. Şundan kelib çiqqan holda, turar joy egasi sotib olgan puliga 245 yil davomida uydan işga, işdan uyga borib kelsa bölardi.