Xitoy xalq respublikasi AQŞda qabul qilingan “Honkong muxtoriyati töğrisida”gi qonunga keskin munosabatini bildirmoqda. Rasmiy Pekin Amerikaning ayrim fuqarolari va taşkilotlariga nisbatan sanksiyalar kiritişni rejalaştirmoqda, deyiladi XXR TIV xabarida.

“AQŞ qonun loyihasi Honkong milliy xavfsizligi töğrisidagi qonunni qasddan qoralaydi, Xitoyga nisbatan sanksiyalar kiritiş tahdidiga ega, xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy me'yorlarini jiddiy ravişda buzadi. Honkong işlari va Xitoyning içki işlariga qöpol ravişda aralaşiş hisoblanadi. Xitoy hukumati buni keskin qoralaydi va qat'iy ravişda qarşi çiqadi”, - deyiladi vazirlik bayonotida. 

Ta'kidlanişiça, “Xitoy özining qonuniy manfaatlarini himoya qiliş uçun zaruriy javob çoralarini köradi va bunga aloqador bölgan Amerika fuqarolari va taşkilotlariga nisbatan sanksiyalar qöllaydi”. 

“Agar AQŞ öz qarorini ma'qullab tursa, Xitoy albatta qat'iy javob beradi”, - deya qayd etadi vazirlik.