Hongkong sudi 2019 yil yozda orolda yuz bergan norozilik namoyişlarining 45 nafar yetakçisiga hukm çiqardi, deb xabar beradi The New York Times.

Hukumatni ağdarişga til biriktirganlikda ayblangan muxolifatçilar tört yildan ön yilgaça qamoq jazosiga hukm qilindi. Eng katta jazo muddati Hongkong universitetining sobiq professori, 60 yoşli Benni Tayga tayinlandi — 10 yil. Namoyişlarning yana bir yetakçisi — 28 yoşli Joşua Vong 4 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Sudda aybiga iqror bölganidan keyin uning jazo muddati qisqartirilgan.

Umumiy hisobda işga aloqador 20 kişiga beş yildan yetti yilgaça, 24 nafariga esa tört yildan jazo muddati belgilangan. Şuningdek, ikki nafar sudlanuvçi oqlangan.

NYT’ning qayd etişiça, keng kölamli uşbu sud jarayoni Hongkongdagi demokratik muxolifatning bir neça oylik noroziliklariga javoban Xitoy tomonidan 2020 yilda qabul qilingan milliy xavfsizlik töğrisidagi qonunning eng jiddiy qöllanişi böldi.

Hongkongda ommaviy norozilik namoyişlari 2019 yil iyunda, orol fuqarolarini boşqa mamlakatlarga — birinçi navbatda Xitoyga ekstraditsiya qilişni nazarda tutuvçi yangi qonun loyihasi tufayli boşlangan edi. Oxir-oqibat namoyişlar fonida qonun loyihasi bekor qilingan, ammo Inson huquqlari fuqarolik fronti (CHRF) homiyligidagi faollar yangi siyosiy erkinlik va yonbosişlarni talab qilişni davom etgan.

Xususan, Benni Tay 2020 yilda mahalliy saylovlar oldidan ötkaziladigan norasmiy «praymeriz»lar modelini işlab çiqib, muxolifatga taqdim etgan. Saylovlarning özi koronavirus pandemiyasi sabab qoldirilgan edi. 2020 yil 1 iyulda davlat xavfsizligi töğrisidagi yangi qonun kuçga kirib, hukumatga namoyişçilarni zöravonlik bilan tarqatib yuboriş vakolatini berdi. Sud qarşisida javob bergan muxolifat vakillari 2021 yilda qölga olingan edi. Hukumatning ma’lum qilişiça, faollar tomonidan taklif qilingan «praymeriz» (içki saylov saylovlari) tizimi «Hongong siyosiy tizimiga putur yetkaziş va yakson qiliş» sifatida tan olingan.