"Mersedes" jamoasi vakili, britaniyalik poygaçi Lyuis Xemilton "Formula-1" poygasining Meksika Gran-prisi ğolibi böldi. Marraga ikkinçi bölib uning jamoadoşi Niko Rosberg yetib keldi. Poygada 3-örinni "Ferrari" a'zosi, nemis Sebastyan Fettel egalladi.
Formula-1. Meksika Gran-prisi. Poyga
1. Lyuis Xemilton ("Mersedes")
2. Niko Rosberg ("Mersedes")
3. Sebastyan Fettel ("Ferrari")
Şu tariqa, Rosberg umumiy hisobda yetakçilikni saqlab qoldi, uning hisobida 349 oçko bor. 2-poğonani undan 19 oçko ortda qolayotgan Xemilton egallab turibdi.












