30 oktabr kuni ertalab Italiyada sönggi ikki hafta içidagi ikkinçi kuçli zilzila bölib ötdi. OAVda Dastlab uning magnitudasi 7 ball bölgani ta'kidlandi, keyin esa aniq ma'lumot berilib, 6,5 magnitudali yer silkinişi qayd etilgani ma'lum qilindi. Qurbonlar haqida hozirça heç qanday ma'lumot yöq.
Zilzila markazi Norça kommunasidan atigi 6 kilometrda joylaşgan va aynan şu hudud boşqa yerlarga nisbatan köproq ziyon körgan. Muqaddas Benedikt nomidagi maşhur ibodatxona va yana bir qadimiy ibodatxona butkul vayron bölgan. Şunisi qiziqki, şahardagi boşqa binolarga ziyon yetmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda binoning zilziladan avvalgi va keyingi suratlari tezlik bilan tarqala boşladi.


Manbaga köra, yer silkinişidan oldin ibodatxonada odamlar bölgan, biroq ularning orasida halok bölganlar yöq.

Yangi zilzilalar ötgan hafta tabiiy ofatdan jabr körgan Arkuata-del-Trontoni deyarli yer bilan yakson qilgan.

Rim va boşqa yirik şaharlarda ham kuçli yer tebranişlari sezilgan. Poytaxtda metro xizmati töxtatib qöyilgan.
26 oktabrda Italiyada ikki soat farq bilan 5,5 va 6,1 magnitudali zilzilalar sodir böldi.
Avgust oxirida esa kuçli yer silkinişi natijasida mamlakatda 300 nafardan ortiq kişi halok bölgandi. Öşanda hammadan köp Amatriçe şahri jabr körgan.

Suratlar:tjournal.ru












