AQŞning Virjiniya ştatidagi Martinsvill şahrida ötgan NASCAR poygasi bosqiçidan keyin yuz bergan yöl-transport hodisasida kamida 22 kişi jabrlandi. 

Poyga tugagandan keyin arenadan çiqişdagi tirbandlikda turgan Chevrolet haydovçisi Jeep rusumidagi avtomobilni aylanib ötmoqçi bölganda yölovçilar orasiga kirib ketgan, deb xabar bermoqda USA Today.

Oqibatda 22 kişi jabrlangan, ulardan 9 nafari şifoxonaga yetkazilgan.

Ayni vaqtda YTH tergov qilinmoqda. Ta'kidlanişiça, qoidabuzar haydovçi mast holatda bölmagan.