Toşkentda metroning Yunusobod yönalişining qolgan qismi qurilişi boşlandi, deb xabar bermoqda "Sputnik Uzbekistan".

Metro qurilişida iştirok etayotgan pudratçining ma'lum qilişiça, stansiyalardan biri Yunusobod dehqon bozori oldida, ikkinçisi esa bir kilometrça uzoqlikda, xalq orasida "Petuşok" deb nomlanuvçi joyda joylaşadi. 

Ahmad Doniş köçasi böylab yanada pastroqda, "Uç qahramon" buyum bozori yonida metro poyezdlari uçun garaj yoki hattoki depo quriladi. Quruvçilarning taxminiça, heç qanday tösqinlik bölmasligi uçun buyum bozorini olib taşlaşga töğri keladi.

Kommunalçilar qurilişga xalaqit qiluvçi daraxtlarni olib taşlaşni boşlaşdi. Keyinroq daraxtlardan tozalangan hudud hisobiga yöl kengaytiriladi. 

"Daraxtlarni çopib taşlaşga töğri kelinayotgani afsuslanarlidir, biroq quruvçilar keyin bu yerda yölni xiyobon hisobiga kengaytira oladilar. Bu tor köçalarga ega Yunusobodning gavjum mavzelari uçun juda dolzarbdir. Bu yerdagi tirbandliklar barçani qiynab yubordi. Şuning uçun metro qurilişi bilan hukumat erkin va qulay harakatlaniş bilan boğliq bu yerdagi ançagina muammolarni ham hal qiladi", deb aytdi kommunal brigada boşliği.

Quruvçilardan birortasi qurilişning yakunlanişi muddatlarini ayta olmadi. Kimdir obekt keyingi yilning bahoriga, Navröz bayramiga topşirilişi mumkinligi taxminini bildirdi. 

Eslatib ötamiz, sentabr örtalarida Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev tegişli vazirlik va boşqarmalar rahbarlariga yaqin fursatda metroning Yunusobod yönalişining "Fayzulla Xöjayev" va "Yunusobod" deb nomlangan stansiyalari qurilişini yakunlaş hamda metroning yangi yer osti va yer usti yönalişlari qurilişini loyihalaşga taalluqli barça masalalarni hal qilişni buyurgan edi.