O‘FF Vitaliy Denisov bilan tushuntirish ishlari olib bormoqda
O‘zbekiston terma jamoasi Vitaliy Denisov bilan bog‘liq holatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda va futbolchining tvitter orqali yozgan fikri OAVda keng muhokama qilinayotganidan xavotirda ekanini bildiradi.
Ayni paytda O‘zbekiston futbol federatsiyasi vaziyatni tubdan o‘rganmoqda hamda futbolchi bilan tushuntirish ishlari olib borilayotganini ma'lum qiladi.
Denisov bilan olib borilgan suhbat davomida futbolchi o‘zining fikri orqali hech qanday yomon maqsadni ko‘zlamagani aniq bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi unga to‘liq ishonadi va futbolchini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi futbol ommasidan vujudga kelgan tushunmovchilik bo‘yicha chuqurlashmaslikni so‘raydi hamda 15 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin bo‘ladigan muhim o‘yin arafasida jipslashishga chaqiradi.
Moskvaning “Lokomotiv” va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov ijtimoiy tarmoqlardagi suhbatlardan birida o‘zbekistonlik jurnalistlardan qoniqmasligini bildirgandi.
Sports.ru saytida o‘zbek futbolini yoritadigan blogning tvitter akkauntiga javob berar ekan, Vitaliy Denisov "shu kungacha O‘zbekistonda saviyali jurnalist uchratmagani" haqida yozgandi.
"Kim nima desa, desin, lekin bu fakt. Hammasi o‘z bilganicha yozaveradi”, degandi u.
Shundan so‘ng, o‘zbekistonlik jurnalistlar u bilan uzundan-uzun munozaraga kirishgan.
Mavzuga oid
19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
23:59 / 08.10.2024
Slovakiya bosh vaziri OAVni nazorat qiladigan boshqarma tuzish kerakligini aytdi
22:56 / 19.01.2024
Qirg‘izistonda jurnalistlarga qarshi reyd. Bu haqda nimalar ma’lum?
18:53 / 20.01.2023