Frantsuz iqlimşunoslari Yevropa janubidagi kurort mintaqalarning çölga aylanişini prognoz qilişdi. Science jurnalida şu mavzudagi tadqiqot çop etildi. 

Olimlarning fikriça, Yevropa janubi, xususan Lissabon (Portugaliya) va Sevilya (Ispaniya) keng kölamli sahroning bir qismiga aylanadi. Bu voqea XXI asrning oxirida, global isiş natijasida röy berişi kutilmoqda. 

Hozir guvohi bölayotganimiz - global isiş templari saqlanib qolsa, olimlarning prognozlari haqiqatga aylanişi heç gap emas. Mutaxassislarning sözlariga köra, şunday bölgan taqdirda, Yevropa janubidagi örmonlar şimol va toğlar tomon suriladi, ularning örniga esa butalar paydo böladi. Asr oxiriga borib, mintaqadagi örtaça havo harorati Tselsiy böyiça 1,5 darajadan ortiq kötarilmasa, mintaqaning ekotizimi saqlanib qoladi. 

Olimlarning ta'kidlaşiça, AQŞning janubi-ğarbida ham xuddi şunday jarayonlar kuzatilmoqda. 

2016 yilning boşida Qöşma Ştatlarning ğarbidagi örmon yonğinlari rekord darajani qayd etdi. 2015 yilda 40,5 ming kvadrat kilometr hududda yonğin sodir böldi, bu AQŞning eng yangi tarixidagi rekord natijadir.