2016 yilning 1 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritiş böyiça Respublika matbuot markazida joylarda uçastka saylov komissiyalari a'zolari uçun hududiy seminar-treninglarni uyuşqoqlik bilan taşkil etiş masalalariga bağişlangan ekspertlar guruhlarining yiğilişi videokonferentsaloqa şaklida ötkazildi.

Tadbirda Markaziy, okrug saylov komissiyalari a'zolari, deputatlar, saylov huquqi sohasi böyiça olim va mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Qayd etilganidek, Markaziy saylov komissiyasining 13 oktabrdagi qarori bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi uçastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali taşkil qiliş masalalariga bağişlangan tadbirlar rejasi qabul qilingan edi. Uşbu reja asosida respublika seminar-treningi şu yilning 20 oktabr kuni ötkazildi.

1-10 noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyalari va Fuqarolik jamiyati şakllanişini monitoring qiliş mustaqil instituti tomonidan saylov komissiyalari a'zolarining huquqiy bilimlarini yanada yuksaltiriş hamda ularning saylov komissiyalari faoliyatini samarali taşkil qiliş böyiça könikmalarini mustahkamlaşga qaratilgan seminar-treninglar taşkil etiş belgilangan.

Şuni hisobga olgan holda yiğiliş iştirokçilari uçastka saylov komissiyalari a'zolari uçun hududiy seminar-treninglarni uyuşqoqlik bilan ötkaziş masalalarini atrofliça muhokama qildilar.

Qayd etilganidek, ötkaziladigan tadbirlardan maqsad uçastka saylov komissiyalari barça a'zolarini qamrab olgan holda komissiya faoliyatining muhim jihatlariga, çunonçi saylov uçastkalarini jihozlaş, saylovçilar röyxatini tuziş va unga özgartişlar kiritiş, muddatidan oldin ovoz berişni hamda saylov kuni ovoz berişni taşkil qiliş, kuzatuvçilar instituti ahamiyati, ommaviy axborot vositalarining saylov jarayoni oçiqligi va oşkoraligini ta'minlaşdagi roli singari muhim jihatlarga alohida e'tibor qaratişdir.

Sözga çiqqanlar hududiy seminar-treninglarni erkin fikr almaşuvi, savol-javob tarzida ötkaziş yuzasidan öz takliflari va tavsiyalarini bildirişdi.