Joriy yilning 20-23 oktabr kunlari Xorvatiya mamlakatining Porej shahrida “Faxriy sport ustalari” o‘rtasida 74 davlat sportchilari ishtirokida sportning sambo turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada respublikamizdan jami 9 nafar sportchilar ishtirok qildi. Musobaqa natijasiga ko‘ra yurtimiz vakillari bitta oltin, bitta kumush, to‘rtta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Shular qatorida Ellikqal'adan 2 ta bronza medali:

1) 60-65 yoshdagi sportchilar o‘rtasida 82 kg vazn bo‘yicha Nurjanov Bazarbay;

2) 35-40 yoshdagi saportchilar o‘rtasida o‘ta og‘ir vazn bo‘yicha Baltabayev Rasulbeklar 3-o‘rinni egallab bronza medallarini qo‘lga kiritdilar.

Sportchilarimiz Urganch xalqaro aeroportida kutib olindi.

«Kamolot» YoIH Ellikqal'a

tuman Kengashi raisi J.Baltayev