«Inter» rasmiy saytida Frank de Bur jamoa boş murabbiyligidan iste'foga çiqarilgani haqida ma'lum qilindi.

Qayd etiş kerakki, niderlandiyalik mutaxassis jamoada 3 oy ham işlay olmadi.

«Neradzurrilar»ni çorşanba kuni Yevropa ligasi doirasida «Sauthempton»ga qarşi öyinga yoşlar jamoasi murabbiyi Stefano Vekki olib boradi.

Bundan oldingi xabarlarda «Inter»ning yangi murabbiyi Stefano Pioli bölişi ehtimoli yuqori ekani aytilgandi.

Ötgan mavsum yakunida rahbariyat Roberto Mançinini jamoani kuçli uçlikka olib kira olmagani uçun iste'foga çiqargandi. Milanliklar de Bur bilan ötgan 11 turdan keyin 14 oçko jamğargan holda 14 örinda joylaşib turibdi.