Apple kompaniyasi 2017 yilda işlab çiqaradigan iPhone qurilmalari simsiz zaryadlaş texnologiyasini qöllab-quvvatlaydi. Nikkei resursining xabar berişiça, Apple bilan eng yirik şartnoma imzolagan Foxconn kompaniyasi ana şunday modellar işlab çiqarişni yölga qöygan.
Yangi smartfonlar 2017 yilning sentabrida taqdim etiladi. Qurilmalar iPhone 7'dan jiddiy farq qilgani uçun ular iPhone 7s emas, iPhone 8 nomini oladi.
Simsiz zaryadlaş texnologiyasi bu yilgi smartfonlarda kutilgan edi, axir texnologiya asosiy raqib Samsunğning flagmanlari tomonidan qöllanadi. Biroq Apple, aftidan, yangi texnologiyani tatbiq etişni keyingi yilga qoldirişga qaror qilgan.
Foxconn hozirda zaryad modullari rentabelligiga erişişga harakat qilmoqda. Bundan taşqari, kompaniya işlab çiqariş hajmini kerakli darajaga kötarişi kerak.
Apple va Foxconn bu borada heç qanday izoh berişmadi.
Bundan avval iPhone 8 qurilmalariga OLED-ekranlar qöyilişi haqida xabar berilgan edi.












