Italiya respublikasining birinçi ayol vaziri, Qarşilik harakati a'zosi Tina Anselmi ona şahri Kastelfranko şahrida 90 yoşida hayotdan köz yumdi, deya xabar qilmoqda mahalliy OAV. 

17 yoşida natsistlarning odamlarni ommaviy qatl etişiga tirik şohid bölgan Anselmi Qarşilik harakatiga qöşilişga ahd qilgan edi. U partizanlik guruhlaridan birida jang qildi va öşandayoq Nasroniy-demokrak partiya safiga kirdi. 

1968 yilda u ilk bor milliy parlament a'zosi sifatida saylandi va unda 1992 yilgaça faoliyat yuritdi. 

1976 yil 29 iyulida Anselmi Italiya hukumatida vazirlik lavozimiga ega bölgan ilk ayol böldi. U Mehnat va ijtimoiy ta'minot vaziri sifatida işladi. Keyinçalik soğliqni saqlaş vazirligiga rahbarlik qilgan Anselmi hozirgi Milliy soğliqni saqlaş xizmati asosçilaridan biri böldi. Anselmi bir neça marotaba Italiyadagi ayrim siyosiy kuçlar tomonidan hukumat rahbarligiga salohiyatli nomzod sifatida körilgan edi.