2016 yil 19 oktabr kuni Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Mehnat vazirligining “Öquv maşğulotlarini ötkazganlik uçun mehnatga soatbay haq tölaş miqdorlarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori imzolandi.
Unga köra, öquv maşğulotlarini ötkazganlik uçun mehnatga soatbay haq tölaşning yangi miqdorlari tasdiqlandi. Mazkur miqdorlar 2016 yil 1 oktabrdan boşlab amalga kiritilişi belgilab qöyildi.
Xushnudbek.uz saytida Oliy va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi va ilmiy tadqiqot muassasalarida, qayta tayyorlaş va malaka oşiriş muassasalarida, şuningdek mazkur davlat muassasalarida taşkil etiladigan öquv kurslarida öquv maşğulotlari ötkazganlik uçun mehnatga soatbay haq tölaş miqdorlari keltirilgan.
Unga köra, professor, fan doktori yoki tegişli mutaxassislik böyiça xorijiy mamlakatlarning unga tenglaştirilgan ilmiy darajasiga ega bölgan şaxslarga örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida öquvçilar tomonidan tölanadigan soatbay haq miqdori 31 ming 472,7 sömni taşkil qiladi. Xuddi şu toifadagi xodimlar Oliy ta'lim muassasalarida soatiga 35 968,8 söm, katta ilmiy xodim-izlanuvçilar, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oşiriş böyiça ta'lim muassasalarida (kurslari) tinglovçilaridan* 43 463,1 sömdan, kurslar tinglovçilari, örta maxsus, kasb-hunar ma'lumoti talab etiladigan lavozimlarni egallab turgan xodimlardan** 24 545,1 sömdan soatbay haq oladi.
Öz navbatida dotsent, fan nomzodi yoki tegişli mutaxassislik böyiça xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglaştirilgan boşqa ilmiy darajalarga ega bölgan şaxslar örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida 18 458,4 söm, oliy ta'lim muassasalarida 22 717,9 söm, katta ilmiy xodim-izlanuvçilar, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oşiriş böyiça ta'lim muassasalarida (kurslari) 29 817,2 söm, kurslar tinglovçilari, örta maxsus, kasb-hunar ma'lumoti talab etiladigan lavozimlarni egallab turgan xodimlardan 14 287,9 sömdan soatbay haq oladi.
Ilmiy darajaga ega bölmagan şaxslar*** soatbay iş haqi esa mos ravişda 12 662,5 söm, 16 461,1 söm, 24 058,7 söm va 9 637,5 sömdan etib belgilangan.
Umumta'lim maktablari pedagog xodimlariga ötgan darsi uçun soatbay haq tölaş miqdorlari quyidagiça:

* oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş kurslariga maşğulotlar ötkaziş uçun soatbay iş haqi tölaş şartlari bilan jalb etiladigan şaxslarga soatbay iş haqi miqdori belgilangan miqdorlaridan 25 foizga köpaytiriladi.

















