Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni 26-27 noyabr kunlari Turkmanistonda BMT şafeligida bölib ötadigan transport böyiça global konferensiyada iştirok etiş uçun taklif qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
"Dunyoda röy berayotgan voqealarga iqtisodiy vaziyatdan kelib çiqib qaraydigan bölsak, ehtimol, raqamlardagi körsatkiçlarimiz biroz tuşgandir, lekin sönggi yillarda biz muvozanatni (eksport-import) yaxşi saqlab turibmiz", - dedi Turkmaniston prezidenti Putin bilan uçraşuvi çoğida.
U hukumatlararo komissiya işi katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi. "Sizda ham, bizda ham imkoniyatlar köp. Men hatto yodingizga solmoqçiman — Astraxandagi oxirgi uçraşuvimiz yodingizdami — iqtisodiy forum tuziş yoki logistika markazi yaratiş ğoyasi paydo bölgandi. Fikrimça, siz ham transport va tranzit koridorlarni rivojlantirişga juda katta e'tibor qaratasiz", - dedi Berdimuhammedov.
U Putin uşbu ğoyalarni qöllab-quvvatlaganini yodga soldi va bu masala ikki mamlakatning iqtisodiy tuzilmalari rivojida muhim ahamiyat kasb etişini ta'kidladi. "Fursatdan foydalanib, sizni 26-27 noyabr Birlaşgan Millatlar Taşkiloti şafeligida ötkaziladigan global konferensiyaga taklif qilaman", - dedi Turkmaniston prezidenti.
Bundan taşqari, Turkmaniston prezidentining sözlariga köra, ikki mamlakat olimlari qişloq xöjaligi sohasida ham hamkorlik qilib kelişadi. "Sönggi 5 yil davomida biz nafaqat öz mamlakatmizni yaxşi hosil bilan ta'minlayapmiz, balki ularning eksportini ham yölga qöydik. Bunday misollar köp. Fursatdan foydalanib, keyingi yil Aşxabodda ilmiy-texnologik forum ötkazişni taklif qilaman", - dedi u.
Öz navbatida, RF prezidenti Vladimir Putin takliflar uçun minnatdorçilik bildirdi va ularni körib çiqişga va'da berdi. Yuqorida tilga olingan sohalar nafaqat Turkmaniston, balki Rossiya uçun ham muhim ekanligini ta'kidladi.












