Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy ilk marotaba Chengdu J-20 qiruvchi samolyotini namoyish qildi
Xitoy beshinchi avlod qiruvchi samolyoti Chengdu J-20’ni ommaga namoyish qildi. Ushbu samolyot ustida o‘tgan o‘n yillik oxirlaridan boshlab ishlab chiqarish ishlari boshlangan edi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
J-20’ni namoyishi an'anaviy China Airshow ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tgan. Bu yerda aviatsiya ishlab chiqaruvchilari salohiyatli xaridorlar bilan shartnomalar imzolash imkoniga ega bo‘lishadi.
Ta'kidlanishicha, Pekin ma'muriyati ularning «ko‘rinmas» qiruvchisi harbiy texnologiyalar sohasida AQShdan ortda qolishni qisqartiradi. Ayrim tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, J-20 tashqi ko‘rinishidan Amerikaning F-22 Raptor samolyotlarini yodga soladi.
1 noyabr kuni Xitoyning Chjuxay shahrida Xalqaro aviatsiya-kosmik ko‘rgazmasi Airshow China-2016 ochilgani, u 6 noyabrgacha davom etishi haqida avval xabar qilgan edik.





Mavzuga oid
08:55
Xitoy eng uzun temiryo‘l ko‘priklari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026
Quyosh panellari va qo‘ylar Xitoyda cho‘lni qayta tiriltirdi
22:31 / 16.07.2026