"Yandeks" va Mail.Ru vakillari Rossiya aloqa vaziri Nikolay Nikiforov nomiga messenjerlar va onlayn-kinoteatrlarni nazorat qilişga qarşi fikr bildirilgan maktub yöllaşdi, deb xabar bermoqda RNS.

"Fikrimizça, taklif qilingan tartibga soliş ortiqçadir, qonun loyihasi uning mualliflari aytgan vazifalarni hal qilmaydi, u Rossiya messenjerlari va audiovizual servislari rivojlanişini çeklaydi, xolos", deb aytdilar maktub mualliflari.

Ularning aytişiça, qonun loyihasiga ta'riflar istalgan internet-servisni xabarlar bilan almaşiş funksiyasi mavjudligida messenjerlarga, istalgan videokontent bölganda esa audiovizual servislarga kiritişga imkon beradi.

Foydalanuvçilarni mobil telefon böyiça identifikatsiya qiliş taklifi ham maktub mualliflarini xavotirlantirmoqda, çunki hamma foydalanuvçilar ham uyali aloqa operatorlari bilan şartnoma tuzmagan.

Bundan taşqari, ular qonuniy kontentga kirişning kamayişi, Rossiya bozoridan xorijiy investorlarning ketişi va servislarning bozorning tanazzulga uçraşi bilan parallel ravişda yomonlaşişini prognoz qilişmoqda.