Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi «Manchester Siti» futbolchilari bilan o‘yindan keyin janjallashib qoldi
Foto: Reuters
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi YeChL guruh bosqichi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan va 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin inglizlar klubi futbolchilari bilan munozaraga kirishgan.
Uchrashuv yakunida «Etihad Stedium» stadioni tribunalari ostida g‘alabani nishonlayotgan «Manchester Siti» futbolchilaridan biri Messining sha'niga noo‘rin so‘z aytgan, bunga javoban Messi uni «ahmoq» deya atagan.
Cadena SER xabarida keltirilishicha, Messi «Barselona» xodimi Karles Nadal hamrohligida mezbonlarning kiyim almashtirish xonasiga borgan va o‘zini ranjitgan futbolchilar bilan "gaplashib qo‘ymoqchi" bo‘lgan.
«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero oraga tushib, o‘z do‘stidan «Barselona» jamoasining kiyim almashtirish xonasiga qaytib ketishni so‘ragan.
Mavzuga oid
23:27 / 22.03.2026
Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
05:35 / 18.03.2026
«Siti» turnirni tark etdi, Lissabonda kambek. YeChLda kun o‘yinlari
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026