Xitoyning Meizu smartfonlari işlab çiqaruvçisi navbatdagi byudjyet apparatini taqdim qildi. Meizu'ning yangi M5 qurilmasi kompaniyaning aksariyat smartfonlaridan plastik korpusi bilan ajralib turadi. Şunday bölsa-da, u öz xususiyatlariga köra, kiçik metall modellardan qolişmaydi. GSMArena şu haqida ma'lum qildi. 
 
M5 taşqi körinişidan köproq iPhone 5c'ga öxşab ketadi. Xususiyatlariga köra esa, Meizu M5 bundan avval namoyiş etilgan M3s byudjyet modeliga öxşab ketadi: sakkiz yadroli protsessor, Mali T860 grafikasi, 2 yoki 3 Gb operativ xotira va 16 yoki 32 Gb flesh-xotiraga ega. 

Ekran kattaroq: 5,2 dyuym. Panel atroflari şişa bilan himoyalangan. Smartfon LTE tarmoqlarida işlaydi, unda nano-SIM formatidagi ikki kartoçka yoki bir microSD xotira kartasini qöllaş mumkin. Meizu M5 vazni 138 gramm, akkumulyator siğimi esa - 3070 mAç.

Xitoyda qurilmaning 2/16 Gb xotirali versiyasi tim qora, kök, feruza, tilla va oq ranglarda 699 yuandan sotiladi. 3/32 Gb xotirali versiyasi esa 899 yuanga tuşadi. Qurilmaning Xitoydagi sotuvlari noyabr oyida boşlanadi. Smartfonning boşqa bozorlarda qaçon paydo bölişi hozirça noma'lum.