Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi Raulni ortda qoldirib, YeChL guruh bosqchilarida urilgan gollar bo‘yicha rekordchiga aylandi
Foto: Marca
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi YeChL guruh bosqichining 4-turi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan o‘yinda hisobni ochdi.
Bu Messining turnirdagi o‘yinlarda urilgan 54-goli bo‘ldi va u 53ta goli orqali o‘zi bilan tenglashib turgan Raulni ortda qoldirdi. Bu borada Krishtianu Ronaldu uchinchi o‘rinda (51 gol).

Shu bilan birga bu gol argentinalik futbolchining YeChL joriy mavsumidagi 7-goli bo‘ldi. U Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida 6ta gol urgandi.
Shuningdek, Messi «Manchester Siti» darvozasini oltinchi marta ishg‘ol qilmoqda. Angliyaliklar klubi hali hech bir futbolchidan buncha ko‘p marta gol o‘tkazmagan.
Messi Yevropa vakili bo‘lmagan holda YeChLda 100ta o‘yin o‘tkazgan ikkinchi futbolchi bo‘lib turibdi, bu borada Roberto Karlos birinchi o‘rinda (120 o‘yin).
Mavzuga oid
00:15 / 26.11.2020
Messi: «Diyego biz bilan qoladi, chunki u abadiy»
20:28 / 23.11.2020
Messi Kiyevdagi YeChL o‘yiniga bormaydi. Kuman sababini tushuntirdi
00:32 / 23.10.2020
«Krishtianu «Real»da ekanligida «El Klasiko» o‘zgacha o‘tardi» – Messi Ronaldu bilan raqobati haqida gapirdi
18:04 / 28.09.2020