Özbekiston siyosiy partiyalari seşanba kuni öz saytlarida nomzodlarining saylovoldi dasturlarini e'lon qildi.

Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Hotamjon Abdurahmonoviç Ketmonovning saylovoldi dasturi «Bizning maqsad — aholi turmuşi darajasi va sifatini yanada oşiriş!» deya nomlangan.

Dasturda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat'iy amal qiliş, milliy manfaatlarga sodiqlik, mamlakat mustaqilligini asraş va mustahkamlaş, Vatan ravnaqi, yurt tinçligi, xalq farovonligini ta'minlaş, fuqarolararo va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlaş orqali Özbekistonning boş strategik maqsadi – rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qöşiliş, jahon hamjamiyatida munosib örin egallaşga qaratilgan ezgu maqsadlar mujassam.

Uşbu dastur Özbekiston Xalq demokratik partiyasining ğoya va dasturiy maqsadlariga, xususan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiya­si fraksiyasining Parlamentdagi köpçilik — demokratik kuçlar Blokiga nisbatan özini muxolifat, deb e'lon qilgani, buning natijasida muxolif fraksiya sifatida ilgari surgan qator ğoyalariga asoslanadi. Bular, eng avvalo:

— mamlakatning ijtimoiy yönaltirilgan bozor iqtisodiyoti asosida, ösib borayotgan iqtisodiy salohiyatidan kelib çiqib, aholining barça qatlamlari, eng avvalo, kam ta'minlangan qatlami turmuş darajasini yaxşilaşga qaratilgan kuçli ijtimoiy siyosatni amalga oşirişda davlatning tartibga soluvçanlik rolini mustahkamlaş;

— eng kam iste'mol xarajatlari (iste'mol savatçasi) standartlarini belgilaşning asoslangan va zamonaviy mexanizmlarini işlab çiqiş hamda joriy qiliş;

— aholiga kommunal xizmatlar körsatiş tariflarining davlat tomonidan tartibga solinişini takomillaştiriş orqali kommunal xizmatlar narxlarini maqbullaştiriş;

— aholi bandligini ta'minlaşning mutlaqo yangi va zamonaviy usullarini joriy qiliş, iş örinlarini taşkil etiş dasturining sözsiz bajarilişi ustidan parlament nazoratini kuçaytiriş;

— muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning asosiy mezoni ularni hayotga tatbiq qiliş orqali yaratiladigan barqaror iş örinlari soni bilan örta maxsus va oliy ta'lim muassasalarining bitiruvçilarini işga joylaştirişning özaro boğliqligini ta'minlaş, demakdir.

Biz uçun asosiy ustuvor yönaliş, avvalambor, aholining davlat va jamiyat tomonidan qöllab-quvvatlaşga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qiliş hisoblanadi.