2 noyabrda Örtaçirçiq tumanidagi Toşkent viloyat ma'naviyat-ma'rifat markazi majlislar zalida Özbekiston Respublikasi prezidentligiga Özbekiston XDPdan körsatilgan nomzod Hotamjon Ketmonov Toşkent viloyatidagi saylovçilar bilan uçraşdi. Bu haqda ÖzXDP MK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uçraşuv bir vaqtning özida Onlayn video-konferensiya şaklida Toşkent viloyatining barça tuman va şaharlaridagi olti minga yaqin saylovçini qamrab oldi.
Mazkur uçraşuvda dastavval nomzodning işonçli vakili Hotamjon Ketmonovning tarjimai holi bilan yiğilganlarni taniştirdi. Şundan söng, söz Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Hotamjon Abdurahmanoviç Ketmonovga berildi.
Hotamjon Ketmonov öz çiqişida saylov – xalqning xohiş-irodasini röyobga çiqarişning oliy ifodasi, davlat hokimiyati organlarini demokratik tarzda taşkil etişning asosi ekanini alohida ta'kidlab, özi ilgari surayotgan saylovoldi dasturining mazmun-mohiyati haqida gapirib ötdi.
Uçraşuv davomida nomzod ma'ruzasi böyiça bir qator iştirokçilar sözga çiqdilar. Ular öz çiqişlarida nomzod dasturida ilgari surilayotgan - mamlakatning ijtimoiy yönaltirilgan bozor iqtisodiyoti asosida, ösib borayotgan iqtisodiy salohiyatidan kelib çiqib, aholining barça qatlamlari, eng avvalo, kam ta'minlangan qatlami turmuş darajasini yaxşilaşga qaratilgan kuçli ijtimoiy siyosatni amalga oşirişda davlatning tartibga soluvçanlik rolini mustahkamlaş ğoyasini qöllab-quvvatlab saylovçilarni saylov kuni Hotamjon Ketmonovga ovoz berişga çaqirişdi.
Uçraşuv söngida saylovçilar özlarini qiziqtirgan savollarga nomzod va uning işonçli vakillaridan atrofliça javob oliş imkoniga ega böldilar.











