1 noyabr kuniÖzbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning Xorazm viloyati saylovçilari va jamoatçiligi bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda ÖzMTDP Xorazm viloyat kengaşi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Uçraşuvda turli sohalar, xotin-qizlar, yoşlar vakillari, partiya faollari va OAV xodimlari iştirok etdi.

Dastlab nomzodning işonçli vakili Muhabbat Töraboyeva yiğilganlarni Sarvar Otamuratov tarjimai holi bilan taniştirdi. Şundan söng  nomzod saylovoldi Dasturining asosiy yönalişlarini bayon etdi. 

Dasturda, eng avvalo, ma'naviy-ma'rifiy sohaga alohida e'tibor berilganligini ta'kidlar ekan, nomzod özligini anglagan, qadriyat va an'analarini e'zozlagan, tarixiy xotirasini asragan xalq iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar taraqqiyotga yuz tutişi xususida gapirdi.

S.Otamuratov madaniy meros obektlarini töliq xatlovdan ötkazib, hisobga oliş işlarini takomillaştiriş, muzeylar, arxivlar, kutubxonalarda va boşqa joylarda saqlanayotgan, madaniy meros obekti belgilariga ega bölgan eksponatlar, kolleksiyalar va arxiv hujjatlarini töliq toifalaştiriş, bu boradagi qonunçilikni yanada takomillaştiriş masalalariga e'tibor qaratar ekan, uşbu holat Xorazm viloyati uçun ham dolzarb ahamiyatga ega ekanligini aytib ötdi.

Ma'lumki, Özbekiston, xususan Xorazm köp asrlik tarixga va nodir madaniy-tarixiy merosga ega. Bularning hammasi mamlakatimizda ulkan salohiyati hozirça töliq işga solinmagan turizm industriyasini rivojlantiriş va yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantiriş imkonini beradi. 

Turizm iqtisodiyotning yanada rivojlaniş jarayonini tezlaştiruvçi omil sifatida iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yeçimida muhim örin tutadi, qöşimça iş örinlari yaratilişiga, iqtisodiy faol aholining bandligini oşirişga, millat farovonligini yuksaltirişga xizmat qiladi, iqtisodiy faoliyatning özaro boğliq bölgan qator tarmoqlari, infratuzilmaning rivojlanişiga turtki bölib, yanada ommaviylaşadi. Turizm ayni paytda ma'rifat va fuqarolik jamiyatining ma'naviy asoslarini şakllantirişda kuçli vosita bölib ham xizmat qiladi.

Şundan kelib çiqqan holda, sayyohlik infratuzilmasining yanada rivojlanişini, sayyohlar uçun möljallangan obektlarning har tomonlama maqbul bölişini, transport va mehmonxona xizmatlari hamda sayyohlik logistikasini takomillaştirişni, sayyohlik industriyasi bilan boğliq xizmatlarning turli sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etişni ta'minlaş lozim, deb ta'kidladi nomzod.

Uçraşuvda nomzod Dasturining boşqa sohalari ham saylovçilarda katta qiziqiş uyğotdi.Iştirokçilar ta'kidlaganidek, Xorazmda haqiqatan turizm industriyasini rivojlantiriş muhim masaladir. Bu viloyatga kelayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlarning soni ortişi bilan Xorazmning iqtisodiy rivojlanişi hamda aholi daromadlarining ortişiga ham xizmat qiladi. Şu nuqtai-nazardan Prezidentlikka nomzod Sarvar Otamuratovning turizmni yanada rivojlantiriş borasida ilgari surayotgan maqsad-vazifalari Xorazm ahli uçun ham juda muhimdir.