Joriy yilning 22 dekabr kuni Özbekistonda bölib ötadigan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari sayloviga barça siyosiy partiyalar qizğin tayyorgarlik körmoqda. Albatta, bugun yurtimizda bir neçta siyosiy kuçlarning faoliyat körsatayotgani jamiyatimizda soğlom raqobatni vujudga keltirib, ularni çinakamiga kuraşga çorlayapti. Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi ham bu jarayonda faol iştirok etib el nazarida bölişga, çin ma'noda xalq partiyasiga aylanişga astoydil harakat qilmoqda. Bunga erişiş uçun avvalo partiyalar davr şiddatiga va bugungi kun talabiga mos holda iş olib borişlari lozim. Tabiiyki, bu jarayonda puxta va mukammal işlab çiqilgan dastur alohida örin tutadi. Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi ham şu nuqtai nazardan Saylovoldi platformasini özining ezgu ğoya va maqsadlari asosida yangiladi. Buning uçun joylarda debatlar taşkil etilib partiya deputatlarining, faollarining, elektoratning takliflari örganildi.


Butun Respublikamiz böylab ötkazilgan Debatlarda bildirilgan fikrlar, takliflar, tavsiyalar asosida Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi Markaziy Kengaşining 2020-2024 yillarga möljallangan Saylovoldi dasturi işlab çiqildi va partiyaning 1 noyabr kuni bölib ötgan navbatdagi S'yezdida tasdiqlandi.
Dastur oldingidan farqli ölaroq 7 ta emas balki 8 ta muhim ustuvor vazifalarni qamrab oldi.
I. Davlat hokimiyati va boşqaruvini yanada demokratlaştiriş, yuksak ma'naviyatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirişning ustuvor yönalişlari
II. Mamlakatda qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh etişning ustuvor yönalişlari
III. Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirişning ustuvor yönalişlari
IV. Ijtimoiy sohani yanada rivojlantiriş, mamlakatda ta'lim-tarbiyani isloh etişning ustuvor yönalişlari
V. Taşqi siyosat, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni ta'minlaşning ustuvor yönalişlari
VI. Ma'naviy-ma'rifiy sohadagi ustuvor yönalişlar
VII. Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş hamda turizmni rivojlantirişning ustuvor yönalişlari















