Mazkur loyiha partiya safidagi a'zolarning 52 foizini taşkil etuvçi yoşlarning yetakçilik qobiliyatlarini röyobga çiqariş, ularning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy bilimlarini mustahkamlaş, şuningdek, partiyaning kadrlar va deputatlikka nomzodlar zaxirasini yoşlar hisobidan şakllantiriş hamda mamlakat siyosiy elitasining yangi avlodini tarbiyalaşga qaratilgan.

Siyosiy ta'lim berişga ixtisoslaşgan loyiha ikki yönalişda: mansabdor şaxslarning rahbarlik tajribasini keng ommalaştirişga qaratilgan onlayn oçiq muloqotlar hamda videodarslar asosidagi siyosiy öquvlar şaklida taşkil etiladi.

E'tiborli jihati şundaki, unda nafaqat mamlakatimiz davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining rahbarlari, balki xorijda faoliyat yuritayotgan rahbarlik lavozimidagi vatandoşlarimiz bilan ham onlayn oçiq muloqotlar ötkaziladi.

Şu örinda savol tuğiladi: Mamlakatimizda hokimlar maktabi bormi? Deputatlar aynan qaysi dargohdan yetişib çiqadi?

Bu savollarning nazariy asosini qonun taşkil etsa-da, mazkur savol örinli. Sababi, kundalik hayot saylovçining talablarini qonun doirasida qondirişda demokratiyaning noziri bölgan partiya oldiga munosib nomzodlarni tarbiyalaş borasida bir qator vazifalarni qöyadi. Bugun 150 nafar Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, 8 mingdan ziyod mahalliy Kengaş deputatlari yoki 200dan ziyod tuman-şahar hokimlarining iş samaradorligi aynan şu omillarga boğliq ekaniga köz yumib bölmaydi.

Bundan taşqari, bugungi kunda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida yoş depututlarning soni atigi 2 foizni taşkil etadi. Partiyadan saylangan mahalliy Kengaşlardagi deputatlarning 2,8 foizini 30 yoşgaça bölgan deputatlar taşkil etmoqda.

Xöş, nima uçun partiya a'zolarida yoşlar qatlami yetakçilik qiladi-yu, yoş deputatlar safida ularning soni kam?

Mamlakatimizda siyosiy islohotlar şiddat bilan olib borilayotgan ayni paytda “Yoşlar parlamenti”ning taşkil etilişi ham ayni muddao böldi. Bu borada partiyaning “Yoşlar qanoti” imkoniyatidan foydalaniş siyosiy islohotlarning mağzini çaqadigan, yangi avlod kadrlarini tarbiyalaş borasidagi muhim taşabbusdir. Çunki bu masala yillar davomida paysalga solib kelingani, yoşlarning qonunçilikni takomillaştiriş borasidagi taşabbuslariga e'tibor xaminqadar bölgani, bu vaqtda esa dunyo siyosiy tizimida siyosiy kuçlarning “Yoşlar qanotlar”ini rivojlantiriş böyiça sa'y-harakatlari avj olgani bor gap. Qolaversa, parlamentga yöl - parlament binosidan emas, balki maktab partasidan boşlanişini dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasi körsatib turibdi.