Ötgan haftada Buxoro viloyatining Qoraköl va Olot tumanlari, Sirdaryo viloyatining “Sardoba” suv ombori atrofidagi hududlarda yuzaga kelgan tabiiy ofatlar natijasida minglab oilalar zarar kördi, boşpanasiz qoldi, infratuzilma obektlari va qişloq xöjaligi ekinlariga jiddiy zarar yetdi.

Uşbu talafotlardan ziyon körgan oilalarga moddiy va ma'naviy kömak beriş maqsadida Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Markaziy kengaşi tomonidan tezda  Işçi guruhi tuzilib, amaliy işlarga kirişildi.

Partiya tizimidagi barça xodimlar va Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi a'zolarining1 kunlik iş haqi miqdorida pul mablağlari ajratilib, jami 63 362 804 söm insonparvarlik yordami Buxoro viloyat hokimligi hisobiga ötkazib berilgan bölsa, sardobaliklarga körsatilgan moliyaviy yordam 70 000 000 sömni taşkil qildi.

Partiya Markaziy kengaşida markazlaşgan holda “Ziyorat karvoni” aksiyasi taşkil qilindi va alohida hisob raqami oçilib, partiya xodimlari, deputatlar va a'zolari tomonidan beğaraz yordam sifatida kundalik zarur mahsulotlar töplanmoqda va peşma-peş Sirdaryo viloyatiga jönatilmoqda.

Jumladan, 3 may kuni 50 000 000 sömga yaqin oziq-ovqat, kiyim-keçak, körpa-töşak va uy-rözğor buyumlaridan taşkil topgan insonparvarlik yordami Sirdaryo viloyatiga yuborildi. 4 may kuni esa sardobaliklarga navbatdagi insonparvarlik yordami jönatildi.

Xayriya tadbirlarida partiyaning 1250dan ziyod deputatlari faol iştirok etmoqda. Ayni kunda Sirdaryo viloyatidagi partiya taşkiloti faollari va deputatlari Sardoba tumanidan evakuatsiya qilingan 150 nafarga yaqin oilaga öz xonadonlaridan boşpana ajratgan.Şuningdek, partiyaning Sirdaryo viloyat kengaşi tomonidan “Faol yoşlar” guruhi tuzilib, zarar körgan oilalarga amaliy yordam körsatilmoqda.

Partiyaning telegram tarmoğidagi "Fikrlar çorlovi" loyihasida Sirdaryodagi jabr körganlar bilan özaro jonli muloqot amalga oşirildi. Unda partiyaning Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi a'zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman (şahar) Kengaş deputatlari va xodimlari hamda Respublikadagi taniqli san'atkor va ziyolilar iştirok etdi.

Muloqotda iştirok etgan barça partiya a'zolari “Ziyorat karvoni” aksiyasi orqali Sirdaryodagi jabrlangan aholiga kunlik yordam yuborişga kelişib olişdi. Hozirda partiya markaziy kengaşida tuzilgan Işçi guruh uşbu aksiyasi doirasida kelib tuşayotgan xayr-ehsonlarni markazlaşgan holda umumlaştirib, navbatdagi insonparvarlik yordamini jönatişga tayyorgarlik körmoqda.