Özbekiston milliy tiklaniş demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengaşi raisi örinbosari Azimjon Soliyev bilan suhbatimiz asosan bitta savol atrofida keçdi: “ÖzMTDP uçun ovoz bergan fuqaro jamiyatdagi qaysi muammolarni bartaraf etişga hissa qöşadi?” Quyida partiya vakilining bir qator fikrlari bilan tanişasiz.
“Davlat tili böyiça qonunlarimizni mukammallaştiriş kerak”
- Garçi özbek tili rasman davlat tili maqomida bölsa ham şunça yil davomida tilimizni töliq himoya qila olmadik. Eng oddiy qoida: Özbekistonda kim bölişidan qat'iy nazar barça davlat tilini bilişi şart. Ammo hozir ahvol bunday emas. Hatto davlat idoralarida davlat tilini bilmaydiganlar bor.
Boşqa millat vakillarini kamsitmagan holda, ularga ham şaroit qilib bergan holda özbek tilini tom ma'noda davlat tiliga aylantirişni dasturimizga kiritganmiz. Tan oliş kerak qonunçiligimizda bu borada kamçiliklar bor. Aytaylik, yuqorida aytganimiz – barçaning davlat tilini bilişi qonunlarda körsatilmagan. Soddaroq qilib aytganda tilimizni behurmat qilganga heç qanday javobgarlik yöq.
Agar aniq qilib aytadigan bölsam partiyamizning 2020-2024 yillarga möljallangan saylovoldi dasturida 14 qismdan iborat band bor. Ulardan bir neçtasini sanab ötaman:
- Davlat hokimiyati va boşqaruv organlarida va rasmiy doiralarda davlat tili qöllanilişiga, şuningdek, qonun hujjatlari va idoraviy yozişmalarning töliq davlat tilida yozilişiga erişiş.
- “Davlat tili haqida”gi qonun hujjatlarini buzganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş.
- Ommaviy axborot vositalarida, xususan, televideniye, radio va köçalardagi reklamalar va boşqa taşqi yozuvlarning davlat tilida bölişini ta'minlaş.
Ana şu kabi muhim aniq rejalar kiritilgan.
“Jamiyatni ziyolilar özgartirmasa boşqa heç kim özgartirolmaydi”
– Tarixga murojaat qilib körsangiz, har qanday jamiyatning faqat ziyolilar harakati bilan taraqqiyotga erişganiga guvoh bölasiz. Bejizga bizning elektoratimiz asosan ziyolilardan iborat emas. Çunki millatning jonkuyarlari ham şular aslida. Nima uçun ötgan asrda yurtning elitasi, ziyolilari qatağon qilindi? Çunki yurt uçun nima qiliş mumkin bölsa ziyolilar qila olardi. Insoniyat tarixida dunyo tanigan olimlar çiqqan yurtdan sönggi yuz yilda heç kim çiqmaganining ham sababi şu – qatağon.











