Özbekiston siyosiy partiyalari seşanba kuni öz saytlarida nomzodlarining saylovoldi dasturlarini e'lon qildi.

Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston liberal-demokratik partiyasidan (ÖzLiDeP) nomzod Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning saylovoldi dasturi «Bizning maqsad — tinçlikni ta'minlaş, taraqqiyot va qonun ustuvorligi!» deya nomlangan.

Bizning boş maqsadimiz – Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimov tomonidan boşlab berilgan demokratik islohotlarni izçil davom ettiriş va çuqurlaştiriş, tinçlik-osoyiştalik va barqarorlikni ta'minlaş, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlaş, xalqimiz uçun munosib turmuş şaroitini yaratişdan iborat.

Bizning saylovoldi dasturimizda davlatimizning jadal rivojlanişi yölida xalaqit berişi mumkin bölgan tösiqlar har tomonlama tahlil etilgan holda, yurtimiz hayotining barça sohalarini qamrab oladigan va ehtimol tutilgan xavf-xatarlarning oldini oliş, yaqin va olis istiqbolga möljallangan eng muhim ustuvor vazifalarni amalga oşirişga qaratilgan va şuningdek, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirişni ta'minlaydigan beşta ustuvor yönaliş belgilab olindi.

I. Davlat va jamiyat boşqaruvi tizimini takomillaştiriş. «Kuçli davlatdan – kuçli fuqarolik jamiyati sari» konsepsiyasini amalga oşiriş

Siyosiy tizimni rivojlantiriş sohasidagi ustuvor vazifalarimiz rivojlangan huquqiy demokratik davlat va kuçli fuqarolik jamiyati barpo etiş, fuqarolarning orzu-intilişlarini röyobga çiqariş, taşabbuslarini amalga oşiriş, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi iştirokini kengaytirişdan iborat.

Biz davlat hokimiyati tizimida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining rolini kuçaytiriş, uning mamlakat içki va taşqi siyosatiga oid eng muhim vazifalarni hal etiş hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oşiriş böyiça vakolatlarini yanada kengaytirişni zarur deb hisoblaymiz.

Köppartiyaviylik tizimini mustahkamlaş, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning ta'sirini oşiriş, ular örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş hokimiyatning vakillik organlari faoliyati samaradorligini yanada oşirişda muhim ahamiyatga ega ekanini nazarda tutib, xalq deputatlari mahalliy kengaşlari faoliyatida siyosiy partiyalar guruhlarining rolini kuçaytiriş, ayniqsa, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini nazorat qiliş borasidagi vakolatlarini kengaytiriş tarafdorimiz.