31 oktabrda özbek kino va teatrining maşhur aktyori Matyoqub Matçonov Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan amnistiya haqidagi qarorga köra sud zalidan ozod qilindi. Bu haqda podrobno.uz naşri xabar bermoqda.

Aktyor Özbekiston Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan amnistiyaga muvofiq ozod qilindi.  

Özbekistonda xizmat körsatgan artistga nisbatan bir qator iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarni sodir etganlik ayblovi qöyilgandi. U joriy yilning 4 iyulida Özbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ulgurji savdo bilan şuğullanuvçi "Marsa" tijorat taşkilotining asosçisi va rahbari sifatida hibsga olingandi.

60 yoşli aktyorga savdo qoidalarini buziş, soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni ötkaziş maqsadida işlab çiqariş, saqlaş, taşiş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş kabi ayblovlar qöyilgandi.
Ma'lum qilinişiça, aktyor öziga qöyilgan ayblarni inkor etgan.

Biroq tergovdan xabardor bölgan manbalarning aytişiça, Matçonov va "Marsa" xodimlari 180 mln sömlik kamomadni qoplab berişgan.