Yaponiyaning Sasebo şahrida AQŞ harbiy-dengiz kuçlari bazasi, u yerda otişma röy bergani töğrisidagi xabarlardan söng qurşab olindi, deya xabar qilmoqda ABC News telekanali.
Harbiy inşoot qömondonligi bayonotida aytilişiça, xavfsizlik kuçlari baza hududidagi binolardan birida otişma sodir bölgani haqida xabar olgaç, barça odamlarni köçirgan.
Ta'kidlanişiça, xavfsizlik xizmati va öt öçiruvçilar bazani barça hududini qurşab olgan. Binolarda tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Jabrlanganlar yöq. Şunga qaramay, baza hududida bölib turganlarga boşpanadan çiqmaslikka körsatma berilgan.











