AQŞ fond birjasi savdolari yakunida Facebook ijtimoiy tarmoği aksiyalari narxi 7,85 foizga arzonlaşib, har bir aksiyasi narxi 117,19 dollargaça tuşdi, deb xabar qilmoqda RNS.

Ta'kidlanişiça, aksiyalar narxining tuşişiga kompaniyaning reklamadan köradigan daromadlari sekinlaşgani haqidagi xabarlar va kompaniya hisobotining e'lon qilinişi sabab bölgan. 

Ijtimoiy tarmoq moliyaviy direktori Devid Venerning bayonot berişiça, reklamadan tuşadigan daromad pasayişi reklama hajmining kamaygani bilan boğliq. 

Bundan taşqari, kompaniya kelasi yilda katta miqdorda investitsiyalarni amalga oşirişni rejalaştirayapti. Bu esa, xarajatlar oşişini anglatadi.