Xitoyda navbatdagi eng tez işlovçi superkompyuter yaratiş boşlandi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. Mutaxassislar eng yuqori unumdorligi bir soniyada ming kvadrillion hisoblaşdan kattaroqqa baholangan prototipni yaratişga kirişdilar.
Kompyuter Parallel hisoblaş texnikasi va texnologiyasi milliy tadqiqot markazida yaratilmoqda. Superkompyuter Tszinandagi Milliy superkompyuterlar markazida joylaştiriladi.
2016 yil iyunda Germaniyada bölib ötgan superkompyuter texnologiyalari xalqaro anjumanida Xitoy dunyodagi eng tez superkompyuter – Sunway Taihulight’ni yaratganini ma'lum qilgandi.
Anjuman ma'lumotlariga köra, Xitoyda dunyodagi eng kuçli superkompyuterlardan 167 tasi joylaşgan.












