16-sondagi Nobel mukofoti sovrindorlari sammiti 2017 yilning 2-5 fevral kunlari Kolumbiya poytaxti Bogotada bölib ötadi, deb ma'lum qildilar RIA “Novosti” axborot agentligiga tadbir taşkilotçilari.   

Tadbirda turli yillarda tinçlik uçun Nobel mukofoti sovrindorlari – Sobiq ittifoq prezidenti Mixail Gorbaçev, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos, Kosta-Rikaning sobiq prezidenti Oskar Arias, Polşaning sobiq prezidenti Lex Valensa, JARning sobiq prezidenti Frederik Villem de Klerk, Şimoliy Irlandiyaning sobiq birinçi vaziri lord Devid Trimbl, Şarqiy Timorning sobiq prezidenti Joze Ramuş-Orta, huquq himoyaçilari Şirin Obodiy  (Eronning birinçi huquqşunos ayoli), Tavakul Karman (Yaman), "Tunis milliy muloqoti kvarteti" va boşqalar iştirok etişi kutilmoqda.

Sammit taşkil etilgandan beri birinçi marotaba Lotin Amerikasida bölib ötadi. 2017 yilgi sammit ötadigan joy sifatida bejizga Kolumbiya tanlanmadi, çunki 2016 yilgi tinçlik uçun Nobel mukofoti Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosga Kolumbiya hukumat qöşinlari va Kolumbiya inqilobiy qurolli kuçlari örtasida 50 yildan köproq davom etgan fuqarolik uruşini tugatişga qaratilgan sa'y-harakatlari uçun topşirildi.

Sammit nafaqat jamoatçi va siyosiy yetakçilar, balki Nobel jamiyatining barça jonkuyar a'zolari, turli davlatlar yoşlari va talabalari uçraşadigan joydir. Bu sammit oxirgi marta 2015 yilda Barselonada bölib ötgandi.