Rossiya Federatsiyasi 2016 yil 8 noyabridan bir tomonlama tartibda Tojikiston bilan aviaqatnovlarni töxtatişi mumkin. Bunga, Tojikiston tomonining "Jukovskiy" aeroportidan parvoz qiluvçi Rossiya kompaniyalarining parvozlarini kelişib olişni rad etgani sabab bölişi mumkin. Bu haqda "Kommersant" gazetasi soha va Rossiya transport vazirligidagi manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Manbaning sözlariga köra, Tojikiston fikriça, "Jukovskiy" töliq faoliyat yuritayotgan törtinçi aeroportga aylangan. "Şu boisdan, Duşanbe va Xöjand şaharlariga aviakompaniyalarning qöşimça parvozlarini yölga qöyiş Rossiya tomoniga aviataşuvçilar va parvozlar oraliğini köpaytiriş imkonini beradi". Ya'ni, Duşanbega parvozni amalga oşirişga ruxsat beriş uçun "hukumatlararo kelişuvni körib çiqiş kerak böladi", - deb yozadi gazeta. 

Rossiya transport vazirligi matbuot xizmatiga köra, hukumat buyruğiga asosan "Vnukovo", "Domodedovo" va "Şeremetevo" xalqaro aeroportlari Moskvaga qaraşi hisoblanadi. "Jukovskiy" aeroporti esa Ramenskiyga tegişli. Şu bilan, "Tojikiston tomonining Rossiya aeroportining maqomini aniqlaşga urinişi Rossiya hukumatining öz hududidagi suverenitetini buzadi". "Jukovskiy" aeroportidan parvoz qiluvçi Rossiya aviakompaniyalari samolyotlariga ruxsat bermaslik — havo qatnovlari töğrisidagi hukumatlararo kelişuvning "bevosita buzilişidir". 

Bundan taşqari, vazirlik matbuot xizmatining ta'kidlaşiça, mazkur yönalişlarda parvoz qiluvçilarning aksariyati "Tojikiston YaIMning 48 foizini ta'minlayotgan tojik mehnat muhojirlaridir". Mabodo, rasmiy Duşanbe öz qaraşini özgartirmasa, Rossiya hukumati mahalliy aviakompaniyalarning "huquqlari poymol qilinişiga yöl qöymaslik" maqsadida javob çoralari körişga majbur böladi, deya vazirlik bayonotidan iqtibos keltiradi gazeta.