3 noyabr kuni Namangan viloyati Uçqörğon tuman hokimligining katta majlislar zalida Özbekiston Respublikasi prezidentligiga Özbekiston XDPdan ilgari surilayotgan nomzod Hotamjon Ketmonov saylovçilar bilan navbatdagi saylovoldi uçraşuvini ötkazdi. Mazkur uçraşuv Onlayn video-konferensiya şaklida taşkil etildi. Bu haqda Özbekiston XDP MK Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda nomzodning işonçli vakili Hotamjon Ketmonovning tarjimai holi bilan yiğilganlarni taniştirdi.

Şundan söng, söz Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosari, partiya fraksiyasi rahbari Hotamjon Abdurahmanoviç Ketmonovga berildi.

Hotamjon Ketmonov öz çiqişida, dastavval, mustaqillik yillarida demokratik islohotlarning ajralmas tarkibiy qismi bölmiş saylov tizimi bosqiçma-bosqiç, izçil isloh qilinib, mamlakatimizda xalqaro huquq normalari talablariga, milliy tarixiy an'analarimizga va Konstitutsiyamizga mos saylov qonunçiligi tizimi yaratilganiga e'tibor qaratdi.

U öz saylovoldi dasturining asosiy yönalişlari yuzasidan yiğilganlarga batafsil ma'lumot berdi.

Jumladan, dastur partiyaning ğoya va dasturiy maqsadlariga, xususan Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining Parlamentdagi köpçilik – demokratik kuçlar Blokiga nisbatan özini muxolifat deb e'lon qilgani, buning natijasida muxolif fraksiya sifatida ilgari surgan qator ğoyalarga asoslanişini  ta'kidladi. 

Şu bilan birga, Hotamjon Ketmonov Saylovoldi dasturida özi işlab çiqargan mahsulot hisobiga içki bozorni töldiriş narx-navo oşişini oldini olişga qaratilgan tovarlar va xizmatlar işlab çiqarişni rivojlantiriş hududiy dasturlar işlab çiqiş va amalga oşiriş uçun mahalliy davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari mas'uliyatini kuçaytiriş masalasiga ham alohida e'tibor qaratilayotgani ma'lum qildi. 

Uçraşuv davomida asosiy ma'ruza yuzasidan bir qator iştirokçilar sözga çiqdilar.