Madridning «Real» jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu 2013 yili Portugaliya va Şvetsiya terma jamoalari 2014 yilgi jahon çempionati uçun saralaş bahsini ötkazayotgan vaqtda komadan çiqqan David Pavlaşçik bilan uçraşdi. Bu haqda Marca xabar bergan.

Futbolçi va muxlis uçraşuvi Varşavada, YeÇLning guruh bosqiçi doirasidagi «Legiya» va «Real» jamoalari bahsi arafasida röy berdi.

2013 yilning kuzida Pavlaşçik Portugaliya va Şvetsiya örtasida keçgan hamda portugallarning 3:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan uçraşuv vaqtida 3 oylik koma holatidan keyin öziga kelgandi. Öşa öyinda Ronaldu 3ta gol urgandi. Yoş muxlis yöl transport hodisasi oqibatida olgan jarohatlari tufayli komaga tuşgandi.

Bu Ronaldu va Pavlaşçikning ikkinçi uçraşuvi böldi. 2014 yilda Ronaldu öz muxlisini YeÇL doirasida Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarşi uçraşuvni tomoşa qilişga çaqirgandi.

«Legiya» bilan uçraşuv 3:3 hisobida yakunlandi. Öyinning 55-soniyasida Ronalduning pasidan keyin Garet Beyl jamoasining YeÇL tarixidagi eng tezkor golini urdi.