AQŞ kongressida AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton davlatga xiyonat qilişda ayblandi. Kongressning quyi palatasi içki xavfsizlik qömitasi rahbari Maykl Makkolning aytişiça, xizmat doirasida şaxsiy poçtasidan foydalangan sobiq AQŞ davlat kotibining beparvoligi sababli endi "duşmanlar" maxfiy axborotga ega böldilar va barça amerikaliklarga xavf solişlari mumkin. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"U bizning duşmanlarga axborot taqdim qildi va endi ular juda nozik axborotga egalar. Bu esa nafaqat Klinton va AQŞ milliy xavfsizligiga, balki xorijda xizmat qiluvçi barça AQŞlik erkak va ayollarga xavf solmoqda", deb aytdi Makkol Fox News telekanali efirida.
Ma'lum qilinişiça, AQŞ Federal qidiruvlar byurosi xorijiy razvedka xizmatlari Klintonning elektron maktublaridan voqif bölganlariga 99 foizga işonçi komil. Ma'lumotlarga köra, kamida 5 ta davlat razvedkaçilari Klinton maktublarini öqişgan.











