AQŞning Miçigan ştati politsiya boşqarmasi General Motors, Ford va Fiat Chrysler Automobiles (FCA) konsernlarining xizmat maşinalariga baho beriş maqsadida sinovlar ötkazgan. Uning natijalari haqida USA Today naşri yozmoqda.
Avtomobillar uç tasnif: tezlik oliş, eng yuqori tezlik va tormoz tizimi böyiça baholangan.
Birinçi tasnif buyiça Ford Taurus negizida barpo etilgan Police Interceptor eng yuqori natijani körsatgan. 3,5 litrli, V6 Twin Turbo motori örnatilgan maşina joyidan soatiga 60 mil (96 km) tezlikka 5,7 soniyada erişa olgan. Chevrolet Caprice politsiya maşinasi esa bu tezlikka 6,11 soniyada çiqa olişi qayd etilgan.

Şuning barobarida, aynan Caprice xizmat maşinasi öz turdoşlari orasida eng yuqori tezlikka (soatiga 155 mil-250 km/soat) egaligi bilan ajralib turibdi. Ford Taurus va Dodge Charger “politsiyaçi”larining tezligi Chevrolet vakili natijasidan soatiga 5 mil kamroqligi ta'kidlangan.
Nihoyat, Dodge Charger eng yaxşi tormoz tizimiga egaligi aniqlandi. Sedanning 60mil/soat tezlikdagi tormoz yöli 37,5 metrga teng bölgani hisobotda keltirilgan. Ammo, şunga qaramay, Ford maşinalari Amerika politsiyaçilarining eng sevimli avtomobili bölib qolmoqda. Huquq-tartibot idoralari buyurtma beradigan transport vositalarining 60 foizi ayni şu model hissasiga töğri keladi.
Yöltanlamaslar orasida esa eng köp talab qilinadigan maşina bu Ford Explorer hisoblanadi.

















