35 yoshli Aduris Yevropa ligasining bir uchrashuvida 5 ta to‘p ura olgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi.
Aduris raqib darvozasiga uchrashuvning 1-bo‘limida 3 ta, 2-bo‘limida 2 ta to‘p kiritdi. Qayd qilish joizki, futbolchi penta-trigidagi 3 ta golini penaltidan kiritdi.
Bungacha Radamel Falkao ("Portu" — "Vilyarreal", 2010/11 yillardagi mavsum yarim finalida) va Edinson Kavani ("Napoli" — "Dnepr", 2012/13 yillardagi mavsum guruh bosqichida) Yevropa ligasining bir uchrashuvida 4 ta to‘p urgan futbolchilar bo‘lib kelayotgandilar.











